Koronavirus qurbonlari soni 1,1 milliondan oshdi

Olam

image

Kecha, 16 oktyabr kuni dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 1 million 100 mingdan oshdi. Bu haqda Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga asoslanib xabar berildi. 

Koronavirus infeksiyasi yuqtirganlarning umumiy soni esa 39 million 266 ming 777 nafarga yetgan. Shu bilan birga, 26 million 950 mingdan ko‘p odamning salomatligi tiklangan. 

Xopkins universiteti ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH koronavirus bilan kasallanish va o‘lim soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. AQSHda 16 oktyabr kuni koronavirus infeksiyasi aniqlanganlarning umumiy soni 8 milliondan oshgan. Pandemiya boshlanganidan buyon 218 ming 573 kishi vafot etgan.

Virus tarqalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Hindiston (7 million 370 ming 468 ta holat) va uchinchi o‘rinda Braziliya (5 million 200 ming 300 ta holat) qayd etilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq 62 ming 684 ta holat aniqlangan. 59 ming 756 nafar bemor sog‘aygan. 520 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

62

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing