Koronavirus qurbonlari soni 10 mingdan oshdi. Italiya Xitoydan o‘zib ketdi

Olam

image

So‘nggi vaqtlarda koronavirus pandemiyasi o‘chog‘iga aylanib qolgan Italiya pnevmoniyadan qurbon bo‘lganlar soni bo‘yicha virus paydo bo‘lgan Xitoydan o‘zib ketdi. 

Bugun, 20 mart ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirusiga chalinganlar soni 245 652 nafarga yetdi. Koronavirus infeksiyasi 180 ta mamlakatga kirib bordi.

Koronavirusdan vafot etganlar 10 050 nafarga yetdi. Bu borada Italiya (3405 kishi) Xitoydan (3248) o‘zib ketdi. Eronda koronavirusdan vafot etganlar 1284 nafarga yetdi.

COVID-19 virusidan shifo topganlar 88 437 nafarga yetdi. Virusning o‘limlilik darajasi 10 foizga yetdi. Hozirda 7378 kishi og‘ir ahvolda qolyapti.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda bemorlar 23 nafarni tashkil etmoqda


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

516

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing