Koronavirus: Qirg‘izistonda kasallanish holati bo‘yicha rekord o‘rnatildi

Olam

image

Qirg‘izistonda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri eng ko‘p kasallanish holati qayd etildi. So‘nggi sutkada bemorlar rekord darajada 100 nafarga ko‘paydi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasining koronavirusga qarshi kurashish shtabi xabar berdi.

“2020 yilning 16 iyun kuni respublika bo‘ylab 100 nafar yangi kasallanish holati qayd etildi. Bu holat pandemiya boshlangandan buyon mamlakat uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Ulardan 57 nafari Bishkekda aniqlandi”, deya ta’kidladi shtab vakili.

Mamlakatda bugungi kunga qadar koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 2 472 nafarga yetdi. Umumiy hisobda 28 nafar bemor vafot etgan va 1 847 nafar bemor sog‘aygan.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda ikkinchi kun kasallanish holati bo‘yicha rekord o‘rnatilyapti. 15 iyunda koronavirus bemorlari 87 nafarga ko‘paygandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qirg'izistonda

Baholaganlar

372

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing