Koronavirus insoniyatni tiz cho‘ktirdi – Guterrish

Olam

image

Koronavirus epidemiyasi insoniyatni tiz cho‘ktirdi, deb fikr bildirdi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish.

“Dunyo tartibsizlik holatida. Iqtisodiyot erkin qulash holatida. Pandemiya bizning mo‘rtligimizni ko‘rsatdi”, dedi Guterrish.

Bosh kotib karantin odamlar o‘n yillar davomida e’tiborsiz qoldirib kelgan muammolarni suv yuziga chiqarganini ta’kidladi. Gap sog‘liqni saqlash tizimining zaif nuqtalari, ijtimoiy himoyadagi muammolar, tuzilmaviy tengsizlik, atrof muhitning yomonlashuvi, iqlim inqirozi haqida boryapti.

Guterrish qashshoqlik bilan kurashgan va ma’lum yutuqlarga erishgan butun boshli mintaqalar atigi bir necha oyda bir necha yillarga ortga qaytganini qayd etdi. Ba’zi davlatlarda xususiy klinika va hatto, alohida odamlarning kamyob uskunalarni o‘zlashtirishi bilan tengsizlik yanada kuchayyapti.

Guterrishning hisob-kitobiga ko‘ra, dunyo Ikkinchi jahon urushidan beri eng chuqur tushkunlikka duch keldi va yuz millionlab odamlar favqulodda qashshoqlikka tushib qolishi mumkin.

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 insonlar ko‘pgina fundamental masalalarda xato qilganini ko‘rsatdi.

“U (koronavirus) erkin bozorlar umumiy sog‘liqni saqlashni ta’minlaydi, biz irqchilik ortda qolgan dunyoda yashayapmiz, barchamiz bir qayiqdamiz kabi xatoliklarni ko‘rsatyapti. Shubhasiz, biz bir dengizdamiz, ochig‘i ba’zilar superyaxtalarda uchishayotganda, boshqalar suzib yurgan qoldiqlarga tirmashyapti”, dedi u.

Shu bilan birga Guterrish pandemiya insoniyatga nisbatan teng huquqli va bardoshli dunyo qurishga imkon berayotganini qo‘shimcha qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda 13,8 million odam koronavirusga chalingan. 591 mingdan ortiq odam vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Antoniu Guterrish Koronavirus

Baholaganlar

386

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing