Koronavirus insoniyat bilan abadiy qoladi – virusolog

Salomatlik

image

Dunyoda pandemiya nihoyasiga yetganidan keyin ham koronavirs mutlaq yo‘q bo‘lib ketmaydi. Moskvadagi Jadkevich nomidagi davlat klinikasi bosh shifokori Aleksandr Myasnikov shunday fikr bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“COVID-19 endi abadiyga keldi, u endi ketmaydi. Koronaviruslar butun dunyoda o‘tkir respitaror kasalligini keltirib chiqaradi. Yangi virus ham mavjud oltitaga qo‘shildi. Endi bizda ular yettita”, Myasnikov.

Myasnikovning fikricha, rossiyaliklar boshqa davlat fuqarolari qatori infeksiyaning ikkinchi to‘lqinini kutyapti. Kelajakda insonlarda ommaviy immunitet shakllanadi va kasallikning xavfliligi kamayadi.

Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi, Sechenov universitetining mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri Vitaliy Zverev ham yangi koronavirusning abadiy qolishini bashorat qilyapti.

“Virusni yengish – muammoning to‘liq yechimi emas. Chunki u insoniyat populyatsiyasida saqlanib qoladi. Virus insoniyat populyatsiyasini to‘liq tark etadi deyishga hech qanday asos yo‘q. Biz yillar davomida virus infeksiyalari bilan kurashyapmiz, ammo faqat bittasini to‘liq yengib o‘tganmiz – tabiiy chechakni. Buning uchun dunyo hamjamiyati birlashishi va yaxshi vaksina ixtiro qilishi kerak bo‘ldi. Endi tabiiy chechak hech qachon qaytmaydi, chunki u bilan xastalangan odamlar yo‘q. Koronavirusga keladigan bo‘lsak, uni davolashga dori ham, unga qarshi vaksina ham yo‘q, demak undan to‘liq xalos bo‘lishning iloji yo‘q”, dedi Sechenov.

Ma’lumot uchun, bugunga kelib dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 1 mln 857 mingdan oshdi. Shundan 114 335 kishi vafot etdi va 428 336 kishi sog‘ayib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

1179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing