Koronavirus fonida Telegram bloklanishi kutilmoqda
Olam
−
13 yanvar 2022
13923Germaniya Telegram’ni bloklashi mumkin. Bu holat o‘ta o‘ng guruhlar va koronavirus cheklovlariga qarshi bo‘lgan odamlar orasida mashhur xabar almashish xizmati mamlakat qonunlarini buzishda davom etsa, sodir bo‘ladi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Nensi Fayzer ma’lum qildi.
“Bunday bo‘lishini inkor eta olmaymiz. Biroq, uni o‘chirib qo‘yish juda jiddiy qadam va oxirgi variant bo‘ladi. Shuning uchun, bundan oldin boshqa barcha variantlarni muvaffaqiyatsiz deb hisoblash kerak”, degan Fayzer.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalgi chora-tadbirlar, jumladan, Adliya vazirligining ogohlantirish xati hech narsaga olib kelmagan.
Ta’kidlanishicha, “Internetni qo‘llash to‘g‘risida”gi qonun ijtimoiy media provayderlaridan shikoyat yuborilganidan keyin noqonuniy kontentni zudlik bilan olib tashlashni talab qiladi.
“Menimcha, bu yerda qonun ijrosini ta’minlashning eng muhim jihatlaridan biri shu”, degan vazir.
Qayd etilishicha, Fayzer Telegram bilan hamkorlik qilish uchun Yevropa yechimini qidirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi paytlarda Telegram Germaniyada muammolarga duch kelmoqda, chunki undan milliy qonunlarga rioya qilish talab etiladi, xususan, kompaniya noqonuniy kontentni o‘chirishi, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari jarimalar haqida bildirishnoma yuborishi mumkin bo‘lgan aloqa shaxsini tayinlashi shart.
LiveBarchasi