Koronavirus Falastin va Isroilni birlashtirdi
Olam
−
25 mart 2020
10117Falastin va Isroil o‘rtasidagi mojaro koronavirus pandemiyasi oldida ikkinchi darajaga tushib qoldi. Ikki davlat hamkorlikda infeksiyaga qarshi kurashga kirishdi. Bu haqda falastinlik diplomat Abdul Hofiz Nofal ma’lum qilmoqda.
Isroil Prezidenti Reuven Rivlin va Falastin rahbari Mahmud Abbos pandemiyaga qarshi hamkorlikda harakat qilish masalasini muhokama qilgan. Muzokaralarning amaldagi ifodasi sifatida qo‘shma shtab tashkil etilgan.
Nofalning umid bildirishicha, koronavirus fonida AQSH va Isroil Donald Tramp tomonidan taklif qilingan “asr kelishuvini” bekor qiladi.
AQSH Prezidenti Donald Trampning Isroil va Falastin haqidagi rejasida Falastin davlatida AQSH elchixonasini ochishni ko‘zda tutilgan. "Asr kelishuvi" amalga oshishi bilan Falastin maydonini ikki baravar ortishi va mamlakatda 1 millionga yaqin ish o‘rni yaratilishi kerak.
Isroilda koronavirusga 1656 odam chalindi. 37 bemor shifo topgan bo‘lsa, 1 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi