Koronavirus Erondan chekinyapti, Saudiyada ilk qurbon berildi

Olam

image
Markaziy Osiyoda koronavirus bilan holat qanday? north_east

Markaziy Osiyoda koronavirus bilan holat qanday?

Kecha, 24 mart kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy Eronda koronavirus sabab shifoxonaga yotqizilgan va vafot etganlar soni kamayayotgani haqida ma’lum qildi. Uning aytishicha, o‘z vaqtida ko‘rilgan muhim choralar sabab bu natijaga erishilgan.

Milliy koronavirusga qarshi ishchi guruhining yig‘ilishida so‘zga chiqqan Ruhoniy, davlat xizmatchilarining 1/3 qismi 3 aprelgacha o‘z ish joylarida bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, Ruhoniy mamlakatdagi barcha tibbiyot hodimlariga mehnatkashligi va fidoyiligi uchun rahmat aytdi.

Fors ko‘rfazining yana bir yirik davlati – Saudiya Arabistonida koronavirus bilan bog‘liq ilk o‘lim holati qayd etildi. Vafot etgan odam xorijlik ekanligi aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, u Madina shahridagi shifoxonada vafot etgan.

Hozircha rasmiylar marhum haqida to‘liq ma’lumot bermadi. Ma’lumot uchun kasallikka qarshi kurash doirasida Saudiya Arabistoni xalqaro va ichki aviareyslarni to‘xtatdi. Mamlakatda poyezd, avtobus va taksilar faoliyati cheklandi. Kechasi esa komendantlik soati joriy qilindi. Ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatda 767 nafar odam koronavirus bilan kasallangan. Ularning 28 nafari ushbu kasallikdan tuzalgan.

Afrika shimolida joylashgan Liviyada esa koronavirus bilan bog‘liq birinchi holat qayd etilgani haqida ma’lum qilindi. Bemor hozir Tripoli shahridagi shifoxonalardan biriga joylashtirilgani aytilmoqda. 

Hozirda Liviyani ikki hukumat boshqarmoqda. g‘arbda markazi Tripoli bo‘lgan, xalqaro miqyosda tan olingan hukumat va sharqda Beng‘ozi shahridan boshqariladigan parla yent saylagan va general Xalifa Xaftar bilan hamkorlik qiluvchi hukumat. Sharqdagi ma’muriyat aholini chet elga chiqishini to‘xtatdi. Ikki hukumat ham sog‘liqni saqlash tizimi uchun mablag‘ ajratishni va’da qildi.

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 194 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 423 515 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 18 910 nafari vafot etgan, 109 154 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Hozirda kasallik yuqtirgan 295 451 nafar odam karantinda yoki shifoxonada davolanmoqda. Ularning 282 349 nafari yoki 96 foizi ahvoli qoniqarli, 13 102 nafari esa og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Hasan Ruhoniy Eron Saudiya Arabistoni Liviya

Baholaganlar

412

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing