Koronavirus effekti: dunyo boylari bir haftada 444 milliard dollar yo‘qotdi
Olam
−
02 mart 2020
5715Dunyodagi eng badavlat 500 kishining boyligi bir haftada 444 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.
Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, eng katta yo‘qotishlar Amazon kompaniyasi rahbari Jeff Bezos, Microsaft asoschisi Bill Geyts va fransuz LVMH kompaniyalar guruhining bosh menejeri Bernard Arnaultda kuzatilgan. Umuman olganda, bu uch milliarder 30 milliard dollar yo‘qotgan.
Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask ham dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 25-o‘rinni egallagan. So‘nggi bir hafta ichida uning boyligi ham 9 milliard dollarga kamaygan. Shuningdek, Facebook asoschisi Mark Sukkerberg 6,5 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ yo‘qotgan.
Yangi koronavirus
Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.
Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 67 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya, Livan, Misr, Eron, Isroil, Iroq, Bahrayn, Afg‘oniston, Quvayt, Ummon, Braziliya, Xorvatiya, Shveysariya, Avstriya, Jazoir, Gruziya, Gretsiya, Shveysariya, Shimoliy Makedoniya, Norvegiya, Irlandiya, Estoniya, Dominikan Respublikasi, Belarus, Nigeriya, Yangi Zelandiya, Monako, Lyuksemburg, Litva, Qatar, Islandiya, Chexiya, Ozarbayjon, Daniya, Meksika, Ekvador, San Marino, Niderlandiya, Indoneziya va Ruminiyada aniqlandi.
JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.