Koronavirus Disneyland’ga ham ta’sir o‘tkazdi
Olam
−
28 fevral 2020
4797Tokioda Disneyland va unga tutash DisneySea suv o‘yin-kulgi parki koronavirus tarqalish xavfi tufayli 29 fevraldan 15 martgacha yopiladi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilingan.
Disneyland va DisneySea Tokio chekkasida 118 gektardan ortiq maydonda joylashgan bo‘lib, har yili 30 milliondan ortiq odam tashrif buyuradi. Yaponiyada tomoshabinlar bir-biriga infeksiya yuqtirish xavfi borligi tufayli ko‘pgina teatr va ko‘ngilochar tadbirlar yopilmoqda. Masalan, an’anaviy Kabuki teatri 10 martga qadar o‘z faoliyatini to‘xtatdi va ko‘plab sport turlari bekor qilindi.
Shuningdek, Yaponiya hukumati koronavirus tarqalishi xavfi tufayli barcha davlat muzeylari va teatrlarini 15 martga qadar to‘xtatib qo‘yishini ma’lum qildi. Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Yoshixide Suga, xususiy ko‘ngilochar muassasalar egalari va ommaviy tadbirlar tashkilotchilarini ushbu misoldan foydalanishga chaqirdi.
Yaponiyada allaqachon koronavirus infeksiyasining 919 holati qayd etilgan, sakkiz kishi vafot etgan. Ko‘p hollarda (705) kasallanganlar Diamond Princess kruiz kemasining yo‘lovchilari bo‘lib chiqmoqda.