Koronavirus bo‘yicha xushxabar bor

Olam

image

Dunyo bo‘yicha yangi koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 23 milliondan oshdi. Worldometer`ning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusdan forig‘ bo‘lganlarning umumiy soni 23 120 798 nafarga yetdi.

Koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoda Hindiston yetakchilik qilyapti. Mamlakatda 4 497 867 nafar odam COVID-19 dan sog‘aygan.

Undan keyin AQSH (4 299 525), Braziliya (3 887 199), Rossiya (911 973), Kolumbiya (640 900), Peru (622 418), JAR (591 208), Argentina (508 563), Meksika (502 982) va Chili (421 111) joy olgan.

22 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 52 491 nafarga yetdi. Ularning 48 606 nafari sog‘aygan va 440 nafari vafot etgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus ilk bor 2019 yil oxirlarida Xitoyning Xubey viloyati markazi Uxan shahrida qayd etilgandi. 31 dekabr kuni Xitoy Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda noma’lum kasallik tarqala boshlaganidan ogohlantirgan.

JSST 2020 yil 30 yanvarda yangi koronavirus tarqalishini xalqaro darajada jamoatchilik salomatlagini saqlash borasidagi favqulodda vaziyat deb e’lon qildi. 11 mart kuni esa koronavirus tarqalishi pandemiya ekani tan olindi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 31 490 644 odam koronavirusga chalingan. 969 367 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

4482

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing