Koronavirus bilan kurashish uchun qancha pul kerak?

Olam

image

Yangi 2019-nCoV koronavirusi keltirib chiqaradigan pnevmoniyaning yangi turiga qarshi kurashish uchun kerak bo‘lgan mablag‘ni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qildi. Bu haqda 6 fevral kuni tashkilot rasmiy saytida xabar berildi. 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, kelgusi oylarda koronavirus infeksiyasining yanada keng tarqalishiga qarshi kurashish va zaif sog‘liqni saqlash tizimiga ega davlatlarni himoya qilish uchun kamida 675 million AQSH dollari sarflanishi kerak.

"Mening eng katta tashvishim shuki, bugungi kunda virus yuqtirgan odamlarni aniqlash tizimi bo‘lmagan davlatlar mavjud", deydi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom.

Shuningdek, u sog‘liqni saqlash tizimi zaif bo‘lgan davlatlar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni aniqlash, tashxislash va ularga yordam ko‘rsatishda shoshilinch yordamga muhtoj ekanligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Virus bilan kasallanganlar soni 565 nafarga yetdi. Ularning faqatgina ikki nafari Xitoydan tashqarida halok bo‘lgan.

Shuningdek dunyo o‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 28 276 nafarga yetgan.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

144

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing