Koronavirus bilan bog‘liq hozirgi vaziyat juda xavfli — JSST
Olam
−
07 iyul 2021
9209Koronavirus bilan bog‘liq hozirgi vaziyat, bu borada allaqachon erishilgan yutuqlarga qaramay, juda xavflidir. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus ma’lum qildi.
“Biz pandemiyani nazorat qilishda yutuqlarga erishayotgan bo‘lsak-da, u juda xavfli bosqichda qolmoqda”, degan u.
Unga ko‘ra, ushbu vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li — barcha mamlakatlarni “shaxsiy himoya vositalari, testlar, tibbiy buyumlar va vaksinalarni adolatli tarqatishda” qo‘llab-quvvatlashdir.
Gebreyesus dunyoda vaksinalarning adolatsiz taqsimlanishini esga olgan. Unga ko‘ra, yetarli resurslarga ega bo‘lgan mamlakatlar cheklovlarni bekor qilishi mumkin, boshqa davlatlar esa bunday qila olmaydi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda deyarli 185 million kishi koronavirus bilan kasallangan, ulardan to‘rt milliondan ortig‘i vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) favqulodda holatlar dasturi direktori Maykl Rayan so‘nggi ikki hafta ichida dunyoda koronavirus bilan kasallanish “juda yuqori darajada” barqarorlashganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi