Koronavirus: bemorlar soni 94 mingdan oshdi
Jamiyat
−
09 may 2021
7878Kecha, 8 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 94 397 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, so‘nggi sutkada 419 nafar yangi kasallanish holati qayd etilgan.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 7 nafari Andijon viloyatida,
• 6 nafari Buxoro viloyatida,
• 8 nafari Jizzax viloyatida,
• 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
• 4 nafari Navoiy viloyatida,
• 4 nafari Namangan viloyatida,
• 81 nafari Samarqand viloyatida,
• 8 nafari Sirdaryo viloyatida,
• 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 11 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 15 nafari Xorazm viloyatida,
• 72 nafari Toshkent viloyatida,
• 192 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar,
• Buxoro viloyatida 4 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
• Namangan viloyatida 3 nafar,
• Samarqand viloyatida 61 nafar,
• Sirdaryo viloyatida 6 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 19 nafar,
• Xorazm viloyatida 17 nafar,
• Toshkent viloyatida 49 nafar,
• Toshkent shahrida 176 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 90 053 (+350) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3 682 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi