Koronavirus Antarktidagacha yetib bordi

Olam

image

COVID-19 koronavirus infeksiyasi Antarktidada ham aniqlandi, u shu kungacha Yer sayyorasidagi bu kasallikdan xoli bo‘lgan yagona qit’a edi. Bu haqda “ABC News” xabar bermoqda.

Chili milliy qahramoni nomini olgan Antarktika stansiyasi shaxsiy tarkibi orasida COVID-19 tarqalishi haqida mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Hammasi bo‘lib, 36 kishi kasallikka chalingan, ular 26 chililik askar va stansiyada ta’mirlash ishlarini olib borgan fuqarolik tashkilotining o‘n nafar xodimi edi.

“General Bernardo O'Higgins” bazasida bo‘lganlarning hammasi COVID-19 bilan kasallangani xabar qilinmoqda. Barcha jabrlanganlar allaqachon evakuatsiya qilingan va hozirda shifokorlar nazorati ostida. Chili Mudofaa vazirligi qutb tadqiqotchilarining kasalligi hech qanday asoratsiz davom etishiga ishontirgan. Antarktidadagi baza binolari xodimlarni evakuatsiya qilishdan so‘ng dezinfeksiya qilingan.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunga kelib, 77 million 850 785 kishi koronavirusga chalingan. Shulardan 1 million 711 815 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Antarktida

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing