Koronavirus aniqlanmagan Turkmanistonda niqob taqish majburiy qilib qo‘yildi

Olam

image

Bugun, 13 iyul kuni Turkmanistonda tibbiy niqob taqish majburiy qilib qo‘yildi. Poytaxt Ashxobodda yirik “Barqaror” savdo-ko‘ngilochar majmuasi va “Tolkuchka” bozori yopildi. Bu haqda "Turkmen.news" xabar berdi.

Ashxobodda politsiya avtomobillarda baland ovoz bilan uydan niqob taqib, chiqish haqida ogohlantirib turishi belgilangan. Yo‘llarda avtomobillar to‘xtatilib, haydovchi va yo‘lovchilarning niqobi borligini tekshirish boshlangan. Agar niqob bo‘lmasa, o‘sha yerning o‘zida politsiya xodimlaridan 1 manatga sotib olishga majburlanadi.

Turkmanboshida esa shaharga kirib kelayotganlarga niqoblar tekinga tarqatilmoqda. Asosiysi har bir haydovchida niqob bo‘lishi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning turli hududlaridagi dorixonalarning ko‘pchiligida antiseptik vositalari kamyob mahsulotga aylangan, bunday mahsulotlar bor dorixonalarda esa ularning narxi oshgan.

Tibbiy niqobni hech qayerdan topib bo‘lmay qolgan. Shuning uchun, tikuvchilar endi niqob tikishga o‘tgan. Ammo ularning narxi talab va sifatdan kelb chiqib, 3-15 manat atrofida belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Turkmanistonda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti missiyasi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni baholash uchun ish olib boryapti. Bugungacha koronavirusga chalinganlar haqida hech bir ma’ulumot berilmagan. Koronavirus kabi alomatlar bilan vafot etgan barcha bemorlarga zotiljam tashxisi qo‘yilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

JSST Turkmaniston koronavirus

Baholaganlar

296

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing