Koronavirus aniqlangan 7 kishining ahvoli og‘ir – Otabekov
Jamiyat
−
27 mart 2020
16051Bugun, 27 mart kuni soat 10:00 holatiga O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 83 nafarga yetgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qilmoqda.
“Koronavirus aniqlangan 15 nafar bemorda o‘pka yallig‘lanishi kuzatilyapti, 7 nafari og‘ir ahvolda”, dedi Nurmat Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar 83 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi