Koronavirus 4 mln insonni dunyodan olib ketdi. Eng ko‘p o‘lim holati qayerda?
Olam
−
06 iyul 2021
9125Dunyo bo‘ylab koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 4 milliondan oshdi. Koronavirus bo‘yicha statistika taqdim etuvchi platformalar ushbu ma’lumotni tasdiqlamoqda.
Bugun, 6 iyun holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasi tufayli umumiy hisobda 4 million 1769 ta o‘lim holati qayd etilgan. Ushbu virusga chalinganlar soni esa 184,9 millionni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, COVID-19 bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati 2020 yil 11 yanvarda qayd etilgan. 2020 yilning 28 sentyabriga kelib ushbu kasallikdan vafot etganlarning soni bir millionga, yana to‘rt oydan so‘ng, 2 million yetdi. Joriy yilning aperliga kelib esa ushbu ko‘rsatkich 3 milliondan oshdi.
Geografik talqin
COVID-19 sabab o‘lish holatlari eng ko‘p AQSHda qayd etilgan — 621,3 ming kishi. Bu mamlakatda virus yuqtirganlar 35,5 millionni tashqil qiladi. Ikkinchi o‘rinda Braziliya (yuqtirgan — 18,8 million kishi. Vafot etgan — 525 mingdan ortiq), uchinchi o‘rinda Hindiston (yuqtirgan — 30,6 million kishi. Vafot etgan — 403 ming).
Aholi soniga ko‘ra, o‘lim darajasining eng yuqori ko‘rsatkichi Peruda. Bu yerda har 100 ming aholiga 578 o‘lim holati to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Yevropa mamlakatlari: Vengriya (311), Bosniya va Gersegovina (296) va Chexiyada (283) ham ushbu ko‘rsatkich yuqori.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda joriy yil 5 iyul holatiga ko‘ra, umumiy hisobda 113 568 kishi COVID-19 infeksiyasini yuqtirgan. Kasallikdan vafot etganlar soni 754 nafarga yetgan.
LiveBarchasi