Koronavirus: 243 nafar yangi bemor aniqlandi, 1 kishi vafot etdi
Jamiyat
−
10 iyun 2021
3293Kecha, 9 iyun kuni O‘zbekistonda 240 dan ortiq kasallik holati aniqlanib, 1 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yil 9 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 243 kishiga ortib, 102 605 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 6 nafari Andijon viloyatida;
- 7 nafari Buxoro viloyatida;
- 27 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 1 nafari Navoiy viloyatida;
- 4 nafari Namangan viloyatida;
- 25 nafari Samarqand viloyatida;
- 4 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 7 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 13 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 6 nafari Xorazm viloyatida;
- 33 nafari Toshkent viloyatida;
- 108 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 8 nafar;
- Jizzax viloyatida 14 nafar;
- Namangan viloyatida 4 nafar;
- Samarqand viloyatida 24 nafar;
- Toshkent viloyatida 34 nafar;
- Toshkent shahrida 107 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 98592 (+191) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 702 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3311 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi