Koronavirus: 12 ta hududdan yangi bemorlar aniqlandi, 2 kishi vafot etdi
Jamiyat
−
19 may 2021
8698Kecha, 18 may kuni O‘zbekistonning 12 ta hududida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, ikki nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yil 18 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 212 kishiga ortib, 97 280 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 3 nafari Andijon viloyatida;
- 4 nafari Buxoro viloyatida;
- 9 nafari Jizzax viloyatida;
- 3 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 2 nafari Navoiy viloyatida;
- 3 nafari Namangan viloyatida;
- 29 nafari Samarqand viloyatida;
- 4 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 37 nafari Toshkent viloyatida;
- 113 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar;
- Buxoro viloyatida 6 nafar;
- Jizzax viloyatida 12 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 2 nafar;
- Navoiy viloyatida 3 nafar;
- Namangan viloyatida 6 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 9 nafar;
- Xorazm viloyatida 31 nafar;
- Toshkent shahrida 177 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 92 840 (+258) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 674 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3766 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi