Koronavirus: Hindistonda kasallikdan o‘lganlar soni bo‘yicha antirekord yangilandi
Olam
−
12 may 2021
9603Hindistonda koronavirus infeksiyasidan o‘lganlar soni bo‘yicha yangi antirekord qayd etildi. So‘nggi bir kun ichida mamlakatda koronavirusga chalingan 4 ming 205 kishi vafot etdi, ushbu kasallikdan o‘lganlarning umumiy soni 250 mingdan oshdi. Bu haqda Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan.
Pandemiya davrida Hindistonda 23 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 19,3 milliondan ko‘p kishi sog‘ayib ketgan va hozirgi kunda 3,7 million kishi ushbu kasallikdan aziyat chekmoqda.
Hindiston COVID-19 kasalligi holatlari bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Ma’lumot o‘rnida, Hindistonda koronavirus infeksiyasidan o‘lganlar soni bo‘yicha avvalgi antirekord shu yilning 5 mayida o‘rnatilgandi, o‘shanda bir kunda 3 780 bemor vafot etgandi.
LiveBarchasi