Koronavirus haqida yolg‘on xabar tarqatganlar qo‘lga olinmoqda
Olam
−
29 yanvar 2020
11853Xitoyning Tyanszin shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro koronavirus haqida yolg‘on xabar tarqatgani uchun hibsga olindi. Bu haqda Jamoat xavfsizligi shahar boshqarmasi ma’lumotiga asoslanib, “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.
Boshqarma boshlig‘i Chen Yuydunning so‘zlariga ko‘ra, internetda koronavirusga oid barcha ma’lumotlar kuzatib boriladi. Agar jamoat ichida vahima keltirib chiqaruvchi biror bir uydirma xabar chiqarilsa, uning muallifi “qonunning kuchli zarbasi”ga uchraydi.
Ayni vaqtda ana shunday fuqarolardan biri hibsga olingan, 34 kishi bilan profilaktik suhbat olib borilgan. Bundan tashqari, tartibni buzgan 6 nafar qoidabuzar qo‘lga olingan.
“Jamoat xavfsizligi shahar boshqarmasi internetda penvmoniyaning yangi turiga aloqador mavzuda g‘araz niyatda tarqatilayotgan har qanday ma’lumotni qattiq tekshirmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi