Koreys tuzining – foydali va zararli tomonlari

Bu qiziq

image

Ko‘pchilik пазанда bekalar turli salat va gazaklar xushta’m бўлиши uchun koreys tuzidan foydalanishadi. Koreys tuzi taomga o‘zgacha maza kiritishi rost. Ammo bizga biroz notanish bu mahsulot, uning tarkibi va xususiyatlari haqida nimalarni биламиз

Biz koreys tuzi, deb ataydigan rangsiz mayda kristallsimon kukun, aslida, xitoy oshxonasiga taalluqli. Xitoyliklar uni oddiy tuz bilan бир qatorda deyarli barcha toamlarga qo‘shishadi. Xitoy taomlari aynan shu tuz tufayli o‘tkir ta’m va hidga ega.

Umuman olganda, bu kukunni tuz deyish қийин. Tarkibiga ko‘ra, u glutomat natriy nomli aminokislotalar тўпламидан iborat. Ushbu modda ta’m va hidni o‘tkirlashtirish xususiyatiga ega. Uning tabida barcha meva- sabzavotlar, toza va sifatli go‘sht, baliq mahsulotlarida uchraydi, ammo tez parchalanib ketadi. Xuddi shu modda tufayli yangi uzilgan meva - sabzavotlarning mazasi va ifori o‘zgacha bo‘ladi.

Hozirgi kunda glutomat natriyni sun’iy yo‘l bilan yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Bunda shakarqamish yoki qand lavlagidan foydalaniladi. Va kukun holidagi glutomat natriyni biz koreys tuzi sifatida биламиз.

Sun’iy yo‘l bilan olingan glutomat natriy ta’mni o‘tkirlashtirish va mahsulot tarkibini saqlay olish xususiyatlari bilan oziq-ovqat sanoatida allaqachon o‘z o‘rnini topgan. Undan mahsulotlarning salbiy xususiyatini berkitib, ta’mi va hidini o‘tkirlashtirish, uzoq vaqt saqlashda foydalaniladi. Glutomat natriy ozuqaviy qo‘shimcha va konservant hisoblanadi. Shu sabab dudlangan go‘sht, kolbasa, sosiska va konserva mahsulotlari o‘zining yoqimli ta’mi va hidini йўқотмайди. Glutomat natriy Ye621 ko‘rinishida raqamlangan бўлиб, mahsulot tarkibi ko‘rsatilgan yorliqda ozuqaviy qo‘shimcha sifatida ro‘yxatga kiritiladi.

Koreys tuzi tilning ta’m bilish retseptorlariga bevosita ta’sir ko‘rsatib, ta’m farqlay olish xususiyatini оширади. Ammo muntazam qabul qilinganda o‘rganib qolish holatini keltirib chiqarishi ham bor гап. Ya’ni, har safar organizm shu moddani yanada ko‘proq talab қила бошлайди. Fast-fud va yarimtayyor mahsulotлар kishini o‘ziga tortishi bejiz emas. Uzoq vaqt davomida koreys tuzini iste’mol qilganlar uchun oddiy taomlar yoqimsiz va bemaza tuyila boshlashi ham shundan.

Bundan tashqari, koreys tuzi davomli ravishda iste’mol qilinganda asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, hazm organlarining shilliq qavatini yallig‘lantirishi, oshqozon yarasiga sabab бўлиши, gormonal o‘zгаришларга olib келиши mumkin. Natijada ortiqcha vazn мuammoси, ko‘rish qobiliyatining pasayishi, qandli diabet yuzaga келиши ehtimoli bor.

Afsuski, ba’zi ishlab chiqaruvchilar arzon va sifatsiz mahsulotlarni xaridorgir qilish maqsadida glutomat natriydan me’yordan ortiq foydalanishadi. Ularni iste’mol qilish yuqorida санаб o‘tilgan salbiy oqibatlar, bundan tashqari, ortiqcha vazn va allergik kasalliklarga olib келиши, surunkali хасталикларни avj oldirishi mumkin. 

Yosh bolalar, homilador ayollar, keksalar, surunkali xastaligi bor kishilar koreys tuzi va yuqorida sanalgan mahsulotlarni juda ham kam iste’mol qilishlari kerak.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing