Koreyalik mutaxassis Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
Jamiyat
−
11 fevral 2019
4970O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Qarori bilan Dongvuk Li O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
U sog‘liqni saqlash sohasiga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash va islohotlarni ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlashga mas’ul etib belgilandi.
Shu jumladan, ungaxalqaro standartlar va JSST tavsiyalari asosida sohani kompleks huquqiy tartibga solish, tizimni moliyalashtirish va tashkil etish, majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish, davlat-xususiy sheriklik va tibbiy turizmdan foydalanishning eng yaxshi amaliyotlarini yurtimizda qo‘llash, investitsiyalarni jalb etishda qulay shart-sharoitlar yaratish va raqobat muhitini yaxshilash hamda “elektron sog‘liqni saqlash” tizimlarini keng tatbiq etishkabi vazifalarham yuklatildi.
Dongvuk Li ayni paytga qadar Koreya Respublikasining Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligida demografik siyosat bo‘yicha vazirning o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi