Koreyada o‘zbekistonlik erkak yong‘in ichida qolgan ayolni qutqardi

Olam

image

Janubiy Koreyaning Yansan shahrida o‘zbekistonlik erkak yong‘in ichida qolgan ayolni qutqardi. Bu haqda “The Korean Herald” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 18 sentyabr kuni noma’lum shaxs Janubiy Kyonsan provinsiyasining Yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga, Yansan shahridagi tamaddixonada portlash ovozi eshitilganini bildirib, qo‘ng‘iroq qilgan. Keyinroq keksa er-xotin boshqaruvidagi mazkur restoranda yong‘in sodir bo‘lgani aniqlangan.

Hodisa payti 70 yoshlardagi erkak ayolini restoranda yolg‘iz qoldirib ketgani ma’lum bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, 69 yoshli ayol hushsiz va og‘ir ahvolda yotganida qo‘shni villada yashovchi O‘zbekiston fuqarosi yong‘in ichiga kirib, uni qutqarib chiqqan. 

Mahalliy vaqt bilan soat 18:44 da boshlangan yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan 19:11 da to‘liq o‘chirilgan. Keltirilgan zarar 80 million von (60 419 dollar) miqdorida baholangan. Yong‘in xavfsizligi xodimlari hodisaning aniq sabablarini o‘rganmoqda.

Hozirda ayol va uning eri yong‘in oqibatida olgan kuyish jarohatlari bilan kasalxonada davolanyapti. 40 yoshli o‘zbekistonlik erkak esa shisha sinishidan yengil tan jarohati olgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in o'zbekistonlik Koreya Yansan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing