Koreyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi
Jamiyat
−
10 iyun 2021
4337Janubiy Koreyada moliyaviy qiyin ahvolda qolgan bemor fuqaroga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, surxondaryolik U.M. Koreya Respublikasiga Ye-9 vizasi bilan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun borgan. U Kongju shahridagi “NC ONE CO.LTD” korxonasida ishlayotgan vaqtda salomatligi yomonlashib, shifoxonaga yotqizilgan. U yerda U.M.ning oshqozoni operatsiya qilingan.
Murakkab jarrohlik operatsiyadan so‘ng moliyaviy qiyin ahvolda qolgan fuqaroga Agentlikning Kvangju shahridagi vakolatxonasi tomonidan, Jamg‘arma hisobidan 1 million 500 ming von (taxminan 1350 AQSH dollari) miqdorida shifoxona xarajatlari uchun moliyaviy yordam ko‘rsatilgani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan 7 nafar o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatilgandi.
LiveBarchasi