Koreya yarimorolida vaziyat murakkab – Yun Sok Yol  

Olam

image

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Pxenyanning yangi yadro sinovlarini o‘tkazishga tayyorlanyotgani haqidagi xorijiy davlatlardan kelayotgan xabarlar tufayli Koreya yarim orolidagi xavfsizlik holatini “murakkab” deb atadi. Uning so‘zlarini bugun, 11 may kuni “Yonhap” agentligi keltirgan.
 
"Xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat og‘ir. Xorijiy davlatlar xavotirda, yadroviy sinovlarni qayta boshlash haqida gap ketmoqda. Shuning uchun vaziyatni yaqindan kuzatib borish va uning nafaqat xavfsizlikka, balki davlat ishlari bilan bog‘liq boshqa sohalarga ham ta’sirini o‘rganishingiz kerak, deb o‘ylayman", deydi Yun Sok Yol yordamchilariga murojaat qilib.

Yun, shuningdek, mamlakat oldida turgan boshqa muammolar, masalan, inflyatsiya va tovarlar narxining oshishi, moliyaviy ahvol haqida ham so‘z ochgan. U mamlakat iqtisodi “o‘ta og‘ir” ahvolda ekani va inflyatsiya eng katta muammoligini qayd etgan.

“Iqtisodiyot og‘ir ahvolda. Asosiy muammo – narxlar, og‘ir iqtisodiy vaziyat, hatto, hokimiyat almashganda ham bo‘shashishga imkon bermaydi”, deydi Koreya Respublikasi rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, inflyatsiya sabablarini hisobga olish va unga qarshi choralar ishlab chiqish zarur. 

Janubiy Koreyada aprel oyida iste’mol narxlarining o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,8 foizni tashkil etib, 13 yillik maksimal darajaga yetdi. Bunga Ukrainadagi vaziyat tufayli neft narxining oshishi katta ta’sir ko‘rsatdi.

Kecha, 10 may kuni AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays Vashington KXDR yaqin kelajakda navbatdagi yadro sinovini e’lon qilishi ehtimolidan xavotirda ekanini aytdi. Xuddi shunday ehtimollar Tokio va Seulda ham bor. Avvalroq Yaponiya Mudofaa vaziri Nobuo Kishi va Janubiy Koreya razvedkasi rahbari Park Ji Von bu haqda gapirgan edi.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Koreya yarimoroli

Baholaganlar

192

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar