Koreya orzusidagilarni qariyb $200 mingga “uxlatgan”lar ushlandi
3-sahifa
−
29 iyun 3885 2 daqiqa
Koreya davlatiga ketmoqchi bo‘lgan 20 dan ortiq fuqarolarning istagini Migratsiya agentligidagi tanishlari orqali ro‘yobga chiqarishni aytib, qariyb 200 ming AQSH dollariga chuv tushirgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Hazorasp tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqaro D.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqarolar B.Y. va Sh.O‘.ni Migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, 15 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan. Ushbu pullar hisobidan 1 500 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Tekshiruvda D.M. va boshqalar yana 17 nafar fuqaroni Koreya davlatiga ketish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarini ijobiy hal qilib berishlari evaziga 159 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Yana bir holat, fuqaro X.X. fuqaro K.A.ni Koreya davlatiga ketish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarini ijobiy hal qilib berishi evaziga 10 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, 10 000 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Bildirilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Janubiy Koreya davlatiga ishga bormoqchi bo‘lgan yana 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi firibgarlikka uchragani xabar qilingandi.

Live
Barchasi