Koreya orzusidagi yana 20 kishi firibgarlarga aldandi
3-sahifa
−
24 iyun 2356 2 daqiqa
Janubiy Koreya davlatiga ishga bormoqchi bo‘lgan yana 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi firibgarlikka uchradi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro T.T. 12 nafar fuqaroga Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, 38 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Ushbu pullarni muqaddam Migratsiya Agentligida ishlagan A.A.ga (muqaddam JKning 168-(firibgarlik) va 211-(pora berish) moddalari bilan sudlangan) berganligi aniqlangan.
Shuningdek, Marg‘ilon shahrida fuqaro I.R. (muqaddam sudlangan) 2 nafar fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishini va’da qilib, ulardan jami 3 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 3 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida fuqarolar I.X. (muqaddam JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan sudlangan) va A.K. migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali fuqaro B.T.ni Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, 2 000 AQSH dollari va 36 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Departamentning Xonobod shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.A. (muqaddam JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan sudlangan) 3 nafar fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishi uchun viza olib berishini aytib, 2 500 AQSH dollari va 11 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 1 000 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida fuqaro Yu.L. (muqaddam sudlangan) 11 000 AQSH dollari evaziga fuqaro U.F.ni migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali Koreya davlatiga ishga yuborishini va’da qilib, shundan 2 300 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida fuqaro X.K. 3 500 AQSH dollari evaziga fuqaro A.A.ni Koreya davlatiga ishga ketishi uchun o‘tkaziladigan imtihonlaridan ijobiy natijalar bilan o‘tkazib berishini aytib, kelishilgan puldan 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Bildirilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning turli hududlarida Koreya davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarolardan katta miqdorda pullar olgan shaxslar qo‘lga olingandi.

Live
Barchasi