Kopa Amerika-2021 musobaqasida 41 kishi virus yuqtirib oldi
Sport
−
15 iyun 2021
2915Braziliyada o‘tkazilayotgan Kopa Amerika-2021 musobaqasida qatnashayotgan terma jamoalarning futbolchilari va delegatsiya a’zolaridan 41 nafari koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Bu haqda Braziliya Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
SSV ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik yuqtirib olgan 41 kishidan 31 nafari futbolchilar va musobaqada qatnashayotgan terma jamoa delegatsiya a’zolari, qolgan 10 nafari esa tadbirni qo‘llab-quvvatlashga jalb qilingan xodimlar bo‘lgan.
Kasallik asosan Peru, Boliviya, Kolumbiya va Venesuela terma jamoalari vakillarida aniqlangan. Eng ko‘p kasallik yuqtirib olgan terma jamoa bu Venesuela bo‘lib, delegatsiya a’zolaridan 13 nafarida virus aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya mezbonlik qilayotgan Kopa Amerika-2021 musobaqasi 13 iyun kuni start oldi. Musobaqaning ochilish o‘yini “Marakana” stadionida bo‘lib o‘tdi.
LiveBarchasi