Kontrabandachilar 717 dona bug‘u shoxini O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati  “G‘ishtko‘prik" chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga kirib kelgan shaxslarning yonidan  717 dona bug‘u shohlari topildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bojxona ko‘rigi natijasida fuqaroning mashina yuk xonasida bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 600 dona hayvon shoxlari borligi aniqlangan. Yana bir holatda, piyoda holda kirib kelgan fuqaroning  yuk sumkasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, 2 ta qopda 117  dona shoh topilgan.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ekspertiza xulosasiga ko‘ra, aniqlangan shoxlar bug‘u turiga mansubligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, bug‘ular Yevroosiyo mamlakatlarida uchraydi va ular O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida joylashgan “Yallama” chegara postida pnevmatik qurol va 1 500 dona o‘qni yashirincha olib kirishga uringan fuqaro ushlangani haqida xabar berilgandi.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Kontrabandachilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar