Konte “short-listi”dan o‘rin olgan futbolchilar nomi ma’lum 

Sport

image

Londonning “Tottenxem” klubining yangi bosh murabbiyi Antonio Konte “shporlar”ning yanvar oyida amalga oshirishi mumkin bo‘lgan transferlar ro‘yxatini ma’lum qidi. “Readfootball” nashri tarqatgan xabariga ko‘ra, murabbiy bir vaqtning o‘zida 3 nafar “Torino” futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Italiyalik mutaxassisning qisqa ro‘yxatidan hujumchi Andrea Belotti va himoyachilar Vilfrid Singo va Glayson Bremer kabi futbolchilar joy olgan.

Belottining Turin klubi bilan shartnomasi kelasi yilning 30 iyunida yakuniga yetadi. Hali yangi shartnoma borasida kelishuvga erishilmagan. Shu sabab “buqalar” futbolchini qishda sotib yuborishga majbur bo‘lishi mumkin. Aks holda yozda uni erkin agent sifatida qo‘yib yuborishga to‘g‘ri keladi. 

Glayson Bremer va Sangoning shartnomasi 2023 yil o‘rtalarida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali ivuarlik futbolchining narxini  7 million yevroga baholagan bo‘lsa. braziliyalik futbolchining narxi 15 million yevro etib belgilangan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing