Konte “Inter”ning rekordini o‘rnatdi

Sport

image

Italiya A Seriyasining 5-turi doirasida "Inter" klubi "Latsio"ni 1:0 hisobida taslim etdi.

Qiziqarlisi, bu g‘alaba klubning Italiya chempionatidagi qatorasiga beshinchi g‘alabasi bo‘ldi. Bu bilan "neradzurrilar" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasining A Seriyadagi rekordini o‘rnatdi. Italiyalik mutaxassis klub tarixida ketma-ket 5 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan yagona murabbiyga aylandi.

"Inter" bungacha "Lechche", "Udineze", "Kalyari" va "Milan" jamoalari ustidan g‘alaba qozongan edi. Klub keyingi o‘yini, ya’ni "Sampdoriya"ga qarshi o‘yin 28 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Antonio Konte 2019 yil 31 may kunidan "Inter"ning bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Inter Antonio Konte

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing