Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari kengayadi

Jamiyat

image

Kecha, 24 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan “Adolat” partiyasining yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi hamda uning vakolatlariga doir yangi normalarning belgilangani sud faoliyatini yagona yondashuv asosida isloh qilish zarurligini taqozo etmoqda.

Mazkur qonun loyihasi bilan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi qonunga Konstitutsiyaviy sud tomonidan referendumga chiqarilayotgan masalalarning  Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berilishini, shuningdek, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz o‘n yillik muddatga saylanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

“Fraksiya a’zolari partiya saylovoldi dasturidagi maqsad va g‘oyalardan kelib chiqqan holda mazkur qonun loyihasi muhim konseptual hujjat ekani, ushbu yo‘nalishdagi qonunchilikning uzviyligi va davomiyligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etishini e’tirof etib, uni qo‘llab-quvvatladi”, deyiladi xabarda.

Yig‘ilishda kun tartibidagi boshqa masalalar ham deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy Majlis Konstitutsiyaviy sud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing