Konorning Poredan keyingi raqibi kim bo‘ladi?

Sport

image

UFC Konor Makgregorning Dastin Porega qarshi jangi qachon o‘tkazilishini rasman e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Konor Makgregor va Dastin Pore o‘rtasidagi ikkinchi jang 2021 yilning 23 yanvar kuni UFC 257 turniri doirasida tashkil etiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Konor va Pore ilk marotaba 2014 yilda o‘zaro jang qilishgan. Jangda Makgregor birinchi raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongan.

Konor bu bahsdan so‘ng sakkiz vazn toifasida jahon chempioni Menni Pakyaoga qarshi boks jangida ishtirok etadi. Bu haqida irlandiyalikning menejeri Aude Attar ma’lum qilgan.

Jang sanasi va manzili yaqin orada e’lon qilinadi. 

Avvalroq, Konor Makgregorning oktagonga qaytishi rasman tasdiqlangani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

KONOR POR'E

Baholaganlar

139

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing