Konor Makgregorning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

Sport

image

Konor Makgregor va Dastin Pore o‘rtasidagi jang rasman tasdiqlandi. 

Yengil vazn toifasining nomdor jangchilari o‘rtasidagi jang UFC 257 musobaqasining asosiy voqeasi bo‘ladi. Jang 2021 yilning 23 yanvarida o‘tkaziladi. 

Turnir qayerda o‘tkazilishi haqida esa hozircha aniq ma’lumot berilmagan. Dastlab jangning Las-Vegas shahrida tashkil etilishi aytilgan bo‘lsa, keyinchalik UFC rahbari Dana Uayt jang Abu-Dabida o‘tkazilishi ham mumkinligi haqida gapirgan.

"Agar barchasi biz o‘ylagandek kechsa, jang Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da tashkil etiladi", degan Dana.

Ma’lumot uchun, Konor so‘nggi jangini Donald Serronega qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan. Dastin esa ochkolar hisobiga ko‘ra Den Hukerdan ustun kelgan.

Avvalroq, Konor Makgregor kelajakdagi rejalari orasida yana yarim o‘rta vaznga qaytish borligini ma’lum qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

KONOR DASTIN JANG

Baholaganlar

684

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing