Konor jang qiladigan musobaqa chiptalari bir kunda tugadi

Sport

image

Kelasi yilning 18 yanvar kuni Las-Vegasda o‘tkaziladigan UFC 246 musobaqasining chiptalari bir kunda sotilib ketdi. Bunga o‘sha musobaqada oktagonga qaytayotgan Konor Makgregor ham jang o‘tkazishi sabab bo‘ldi.

Yengil va yarim yengil vazn toifasidagi sobiq UFC chempioni musobaqada amerikalik Donald Serrone bilan jang qiladi.

Insayder Kevin Loyl yozishicha chiptalar savdosidan tushgan foyda 10 mln dollarga teng.

Konor Makgregor UFC doirasida 25 ta jang o‘tkazib, shundan 21 tasida raqiblarini yer tishlatgan. 2018 yilning 6 oktyabridan beri esa “ta’tilda”. O‘sha kuni Konor Habib Nurmuhamedovdan mag‘lubiyatga uchragandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing