Konor va Habib o‘rtasida revansh bo‘lmaydi. Konor sportni tark etdi

Sport

image

Shampionat.com nashri ma’lum qilishicha, Irlandiyalik MMA jangchisi, sobiq UFC chempioni Konor Makgregor sportdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan. Bu haqda u o‘zining tvitterdagi sahifasida yozib qoldirgan.

“Bolalar, men MMAdagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Men barcha sobiq hamkasblarimga muvaffaqiyat tilayman”, deb yozgan Makgregor.

Eslatib o‘tamiz, Konor o‘tgan yili rossiyalik Habib Nurmagomedovga qarshi o‘tkazgan so‘nggi jangida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Jang so‘nggida ikkala sportchining jamoasi o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan edi. Natijada Makgregor va Nurmagomedov uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilingan edi. Shundan keyin irlandiyalik sportchi oktagonga boshqa chiqmadi.

Konorning diskvalifikatsiyasi aprel oyining o‘rtalarida yakunlanar edi. Bundan oldin Makgregor UFCda Nurmagomedov bilan revansh jangini o‘tkazishni xohlashini aytib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor

Baholaganlar

156

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing