Konor Makrgegor AQSH Prezidenti bilan uchrashdi
Sport
−
18 mart
2578Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Avliyo Patrik kunida Vashingtondagi Oq uyga bordi va AQSH rahbari Donald Tramp bilan uchrashdi. Bu haqda sportchi Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Konor jurnalistlar uchun nutq so‘zladi, shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan suhbatlashdi. Uchrashuv davomida dunyoning eng boy insoni Ilon Mask ham ularga sherik bo‘ldi.
Qayd etish joiz, Tramp Konorning muxlisi hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Konor Makgregor so‘nggi jangini 2021 yilning iyul oyida o‘tkazgan va o‘shanda Dastin Pore bilan jangda oyog‘i sinib, mag‘lub bo‘lgandi. Shundan so‘ng u hozirgacha oktagonga qaytmadi.
LiveBarchasi