Konor Makgregor 2022 yilga qadar UFC'dan chetlatildi

Sport

image

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor 2022 yilning 7 yanvar kuniga qadar UFC'dan chetlatildi. Bu haqda "Sportskeeda" nashri xabar tarqatdi.Tashkilotning bunday qarorga kelishiga uning Dastin Pore bilan jangda orttirib olgan jarohati sabab bo‘lgan.

Tibbiy komissiya xulosasiga ko‘ra, Konor bu yil janglarda qatnasha olmaydi. Shuningdek, avgust oyi o‘rtalariga qadar, sparring janglar o‘tkazishi taqiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 11 iyul kuni UFC 264 turniri doirasida Makgregor va Pore o‘rtasidagi bahs o‘tkazilgan edi. Birinchi raund oxirida Konor noqulay tarzda oyog‘ini sindirib olgan, Dastin esa texnik nokaut evaziga g‘alabaga erishgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Konor Makgregor MMA'dagi faoliyati davomida 28 bahsda ishtirok etgan. Uning hisobida 22 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat bor.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor Dastin Por'e Diskvalifikatsiya

Baholaganlar

1508

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing