KONMEBOL Amerika kubogidagi mushtlashuv bo‘yicha ish ochdi

Sport

image

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) tartib-intizom qo‘mitasi Amerika kubogi yarim final o‘yinidan so‘ng stadionda urugvaylik futbolchilar va kolumbiyalik muxlislar o‘rtasidagi mushtlashuv yuzasidan ish ochdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Amerika kubogi yarim finali doirasida Urugvay terma jamoasi Kolumbiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va 3-o‘rin uchun o‘yinda Kanada terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi. Turnir finalida Argentina va Kolumbiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

“Urugvay va Kolumbiya o‘rtasidagi o‘yindan keyin sodir bo‘lgan zo‘ravonlik harakatlari tufayli KONMEBOL Tartib-intizom qo‘mitasi voqealar ketma-ketligi va ishtirokchilarning javobgarligini aniqlash maqsadida ish ochishga qaror qildi. Amerika Kubogi finali arafasida yuqori darajadagi futbol turnirining obro‘siga dog‘ tushiradigan hech qanday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, o‘yindan so‘ng urugvaylik hujumchi Darvin Nunes va himoyachi Ronald Arauxo tribunaga chiqib, kolumbiyalik muxlislar bilan mushtlashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Urugvay Amerika kubogi Kolumbiya KONMEBOL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made