Kongress AQSHning BMTdan chiqishini yoqladi

Olam

image

AQSH Kongressi a’zosi Gaetz BMTdan chiqish va uning shtab-kvartirasidan "qutilish"ni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Amerika Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Mett Gaetz Birlashgan Millatlar Tashkilotini (BMT) moliyalashtirishni to‘xtatish, undan chiqish, shuningdek, assotsiatsiya shtab-kvartirasini Qo‘shma Shtatlar hududida saqlamaslikni taklif qildi.

"Bizning byudjetimizda BMT uchun mablag‘ nol bo‘lishini istayman. AQSH BMTdan, BMT esa AQSHdan ajralishi kerak",  dedi u Floridadagi anjumanda.

BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam agentligi rahbari Filippo Lazzarinining aytishicha, Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Avstraliya, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa qator davlatlar tashkilotni moliyalashtirishni to‘xtatganini allaqachon e’lon qilgan.

Ta’kidlash kerak, Isroil allaqachon Agentlik faoliyatini to‘xtatish uchun bor imkonidan foydalanishni rasman ma’lum qilgan. 

Shunga qaramay, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish barcha davlatlarni agentlik ishining to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh BMT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing