Kondagi fojia: halok bo‘lganlar 45 nafarga yetdi
Olam
−
30 Oktabr 2023
4318Kostenko shaxtasidagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 45 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
29 oktyabr soat 20:00 holatiga ko‘ra, 45 nafar halok bo‘lgan konchining jasadi topilgan, bir konchini qidirish ishlari davom etmoqda.
“Ish bir-biridan 6 km uzoqlikda joylashgan ikkita kon uchastkasi hududida olib borilmoqda. Kon qutqaruvchilarning konchilar qidiruv ishlari olib borilayotgan ehtimoliy hududlarga yetib borishi uchun barcha mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar ishlab chiqilmoqda”, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Sirim Sharipxonov avariyaning taxminiy epimarkazini ko‘zdan kechirish uchun konga tushgan. Tekshiruv davomida yong‘in va portlash sodir bo‘lgan korxonalar ko‘zdan kechirilgan.
Qayd etilishicha, ko‘zga ko‘rinadigan yonish manbalari yo‘q, gaz holati normal.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 oktyabr kuni ertalab Qozog‘istondagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘lgandi.
Mamlakat Bosh prokuraturasiga ko‘ra, hokimiyat tomonidan kon yoki qurilish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi) moddasi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlangan.
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kondagi portlashdan so‘ng, “ArselorMittal Temirtau” bilan investitsiyaviy hamkorlikni to‘xtatishni buyurgan. Davlat rahbari 29 oktyabrni halokat qurbonlari xotirasiga umumxalq motam kuni deb e’lon qildi.
LiveBarchasi