Konate “Real”ga o‘tishga rozi bo‘ldi – OAV
Sport
−
02 iyun 1093 1 daqiqa
Agar Florentino Peres “Real Madrid” prezidenti etib qayta saylansa, himoyachi Ibrohim Konate Madrid klubi futbolchisiga aylanadi. Bu haqda “El Chiringuito” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi”ning amaldagi rahbari fransiyalik himoyachi bilan kelishuvga erishgan va deyarli barcha shartlar bo‘yicha o‘zaro kelishib olgan. Biroq transferning rasman yakunlanishi Peresning o‘z lavozimida qolishiga bevosita bog‘liq.
Konate yaqinda shartnomasi tugagach, “Liverpul”ni erkin agent sifatida tark etdi. Bir qator Yevropa klublari futbolchiga qiziqish bildirganiga qaramay, “Real Madrid” 27 yoshli himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
Agar Peres saylovlarda g‘alaba qozonib, o‘z lavozimini saqlab qolsa, Madrid klubi Konateni transfer kompensatsiyasi to‘lamasdan o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Shuningdek, bu holatda “Komo” yarim himoyachisi Niko Pas ham Konatedan keyin “Real Madrid”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Ma’lumot uchun, “Real Madrid” prezidentlik saylovi joriy yilning 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Unda amaldagi prezident Florentino Peres va Enrike Rikelme “Qirollik klubi” rahbarligi uchun saylovda ishtirok etadi.
Live
Barchasi