Konya-2021. Ulug‘bek Rashitov va Zaynab Dayibekova O‘zbekiston bayroqdorlari bo‘ladi

Sport

−

image

Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom birdamligi o‘yinlarining ochilish marosimida Ulug‘bek Rashitov va Zaynab Dayibekova O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari bo‘ladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 9 avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlarining ochilish marosimi o‘tkaziladi.

Unda O‘zbekiston delegatsiyasini taekvondo bo‘yicha Tokio Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov va qilichboz Zaynab Dayibekova maydonga boshlab chiqadi.

Eslatma, V Islom birdamligi o‘yinlarining ochilish marosimi 9 avgust kuni soat Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi.

Ma’lumot o‘rnida, V Islom birdamligi o‘yinlari Turkiyaning Konya shahrida 9-18 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing