Komilov Afg‘onistonda. U “Tolibon” vakili bilan uchrashdi
Jamiyat
−
07 Oktabr 2021
6663O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshliq delegatsiya Afg‘onistonda “Tolibon” tayinlagan Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Mottakiy bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Afg‘oniston Islom Amirligi Tashqi ishlar vazirligi vakili Abdul Kahar Balxi ma’lum qildi.
Muzokaralar boshida Mottakiy Komilovni qutlab, mamlakatdagi vaziyat yaqinda normallashishiga ishontirdi va u bilan tinch sharoitda uchrashishdan mamnun bo‘lishini aytdi.
Shuningdek, Abdulaziz Komilov shaharda hayot izga tushayotgani, xavfsiz muhit shakllanganini urg‘ulab, Afg‘onistonning xalqaro hamjamiyatda mustahkam o‘rnini topishiga umid qilgan.
U O‘zbekiston doim ikki davlat manfaatini ko‘zlaganini, rasmiy Toshkentning Afg‘oniston bilan munosabati boshqa masalalarga bog‘lanmaganini ta’kidlagan.
Abdulaziz Komilov O‘zbekiston tranzit, energetika va savdo sohasidagi majburiyatlariga sodiqligini qo‘shimcha qilgan.
Uchrashuv yakunida Mottaki Komilovga Mozori-Sharif aeroportini ta’mirlash va boshqa masalalardagi yordam uchun minnatdorlik bildirgan.
LiveBarchasi