Komilov Lebedev bilan MDH davlatlari rahbarlari sammitiga tayyorgarlik masalasini muhokama qildi
Jamiyat
−
12 Sentabr 2020
2949Kecha, 11 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – MDH Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Suhbat davomida O‘zbekistonning 2020 yilda MDHga raisligi Tadbirlar rejasini amalga oshirish jarayoni yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, O‘zbekistonning MDHga raisligining asosiy voqeasi – Davlat rahbarlari sammitiga (16 oktyabr) puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Koronavirus pandemiyasiga qaramay O‘zbekiston tomoni ilgari rejalashtirilgan tadbirlarning aksariyatini muvaffaqiyatli amalga oshirgani qayd etildi.
Bu yil MDHning ustav organlari Tashqi ishlar vazirlari kengashi (12 may), Hukumat rahbarlari kengashi (29 may) va MDH Iqtisodiy kengashi (30 iyun) yig‘ilishlari hamda sohaviy hamkorlik organlarining qator uchrashuvlari videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tkazildi.
Ushbu tadbir kun tartibiga MDH faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan muhim masalalar kiritilganligi ta’kidlandi.
LiveBarchasi