Komilov boshliq delegatsiya AQSHga boradi

Jamiyat

image

Joriy yilning 15-22 noyabr kunlari O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi rejalashtirilmoqda. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.

AQSH bilan ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvda ishtirok etish maqsadida ushbu davlatga yo‘l oladigan mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya tarkibidan, shuningdek, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va boshqa davlat idoralari mas’ul vakillari ham o‘rin olgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari xizmat safari davomida Vashington va Nyu-York shaharlarida bo‘lib o‘tadigan qator muzokaralarda ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov

Baholaganlar

80

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing