Komil Allamjonov Prezident Administratsiyasiga qaytdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Komil Ismoilovich Allamjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

Mazkur tayinlovga qadar, Komil Allamjonov Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Ma’lumot o‘rnida, Komil Allamjonov mamlakat siyosiy diorasidagi eng yosh amaldorlardan biri sanaladi. U 1984 yilning 18 sentyabr kuni Toshkentda tug‘ilgan. Ilk faoliyatini O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi – “Yoshlar” teleradiokanalining “Davr” informatsion ko‘rsatuvida boshlagan.

Uning nazarga tushishi 2005-2013 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati rahbari lavozimida ishlagan davri bilan bog‘liq. Allamjonov 2017 yilning 1 dekabridan 2018 yilning 3 oktyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritgan.

2018 yilning 29 noyabr kuni u Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. 2020 yilning yanvar oyida ushbu lavozimni tark etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Komil Allamjonov

Baholaganlar

565

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing