Koman “Bavariya” bilan yuqori maoshli shartnoma imzoladi
Sport
−
12 yanvar 2022
2927Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachi Kingsli Koman bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.
25 yoshli fransuz bilan imzolangan yangi kelishuv 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Ma’lum bo‘lishicha, Koman jamoada yiliga 17 million yevrodan ko‘proq maosh oladi.
Joriy mavsumda futbolchi “Bavariya” safida barcha turnirlarda 17 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.